1

Nankin: O`zbekistonlik sportchilar vatanga qaytishdi

Sport 30.08.2014, 14:36
Nankin: O`zbekistonlik sportchilar vatanga qaytishdi

Joriy yilning 16-28 avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida o`tkazilgan o`smirlar olimpiada o`yinlarida ishtirok etgan mamlakatimiz sportchilari kecha 29 avgust kuni yurtimizga qaytib kelishdi. Bu haqda www.gazeta.uz nashri xabar beradi.

Kechki soatlarda poytaxt aeroportida sportchilarni kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Unda sportchilarning yaqinlari, oila a`zolari, jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Adxam Ikromov so`zga chiqqan. Nankinda o`tkazilgan o`smirlar olimpiada o`yinlarida O`zbekistondan 28 sportchi ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1