1

Rasman! Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Siyosat 13.07.2018, 17:58
Rasman! Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o`z yakuniga etdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Shu paytgacha ishlab kelgan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo`raev lavozimidan ozod etildi.

Surxondaryo viloyati hokimi bo`lib ishlab kelgan Erkinjon Oqbo`taevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Turdimov Erkinjon Oqbo`taevich – 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanida tug`ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo`jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

1991-1995 yillarda «O`zsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida bo`lim mutaxassisi, «O`zsanoatqurilishbank»ning Zarafshon bo`limi pul muomalasi bo`limida bosh mutaxassis, bo`lim boshlig`i o`rinbosari, Zarafshon bo`limi boshqaruvchisi bo`lib ishlagan.

1995-1996 yillarda Zarafshon shahri hokimi bo`lgan. 1996 yildan 2000 yilgacha O`zbekiston Milliy banki Navoiy bo`limi boshqaruvchisi, 2000-2008 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

2008 yilda O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari bo`lib faoliyat yuritgan.

2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bo`lib ishlagan. 2016 yil dekabridan shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1