AsosiySiyosat

Bahodir Po`latov Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlandi

'Bahodir Po`latov Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Sessiya O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida bo`lib o`tgan. Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Erkinjon Oqbo`taevich Turdimov o`rniga shu paytgacha Toshkent viloyati prokurori bo`lib ishlagan Bahodir Po`latov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi.

Bugun, 13 iyul kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Turobjon Jo`raev lavozimdan ozod etilgani va Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida ma`lum qilgan edik.

    Boshqa yangiliklar