AsosiyJamiyat

Ucell bosh direktori o`zgardi

Ucell kompaniyasining yangi bosh direktori etib Tonu Gryunberg  tayinlandi. Bu haqda Gazeta.Uz sayti xabar bermoqda.

U hozirgi vaqtda TeliaSonera kompaniyasining Evroosiyo hududida texnik masalalar bo`yicha prezident o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.  Xabarda yozilishicha, Gryunberg  15 sentyabrdan yangi lavozimdagi faoliyatini boshlaydi.  

Eslatib o`tamiz, 2013 yilning iyun oyida Ucell bosh direktori etib  Osman Turan tayinlangandi.  

    Boshqa yangiliklar