1

Samarqand viloyatining yangi hokimi o`z faoliyatini nimadan boshladi?

Siyosat 16.07.2018, 11:09
Samarqand viloyatining yangi hokimi o`z faoliyatini nimadan boshladi?

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ushbu lavozimga tayinlanganidan bir kun o`tib shahardagi ijtimoiy soha ob`ektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishga chiqdi.

Viloyat hokimining o`rinbosari Rustam Qobilov o`zining facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida bu haqda xabar qoldirdi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ushbu lavozimga tayinlanganidan bir kun o`tib shahardagi ijtimoiy soha ob`ektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishga chiqdi.
E.Turdimov tashrif buyurgan ilk ob`ekt Yoshlar markazi bo`ldi.
Viloyat hokimi Yoshlar markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi va zarur tavsiyalarni berdi. Jumladan, markaz yoshlarning emin-erkin kirib-chiqishlari uchun qulay bo`lishi, bu erda yoshlar o`zlarini erkin his qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilishi lozimligini ta`kidladi.
Shundan so`ng viloyat hokimi Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetida tashkil etilgan qabul jarayoni bilan tanishdi va ushbu muassasada yaqin kelajakda xalqaro darajada ta`lim berish uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida o`z fikrlarini bildirdi.

E.Turdimov Samarqand davlat universiteti pedagogika fakultetida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat bo`limining yangi binosini qurish uchun mo`ljallangan hudud bilan ham tanishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1