Bugun, 16 iyul kuni Farg`ona shahrida O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrashuvi bo`lib o`tadi, deya xabar qildi O`zbekiston TIV matbuot xizmati.
Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, etakchi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari o`rin olgan delegasiyalarga boshchilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada bo`lib o`tadigan O`zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladilar.