AsosiyDunyo

“Islom davlati” guruhi jangarilari yana bir amerikalikni qatl qilishdi

“Islom davlati” guruhi jangarilari yana bir amerikalik asir Stiven Sotloffni qatl qilishdi. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar bermoqda.

Terroristik guruhlarning internetdagi faoliyatini kuzatib boruvchi SITE tashkilotining ma`lum qilishicha, jurnalistning qatl qilinishi aks etgan video lavha internetga joylangan.

O`limidan avval Sotloff AQSh prezidenti Barak Obamaga murojaat qoldirgan. Jurnalist Obamani prezident saylovlaridan avval bergan va`dalarini, aynan Iroq va Afg`onistondan AQSh xarbiylarini olib chiqib ketish va Guantanamodagi qamoqxonani yopish to`g`risidagi va`dalarini amalga oshirmaganini aytdi.

Videoda yuzini yashirgan  jangari keyingi qurbon britaniyalik Devid Xeyns bo`lishi mumkinligi ma`lum qildi. Ekspertlar ushbu terrorchi bir necha hafta avval Jeyms Foulini o`ldirgan jallod ekanligini tahmin qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar