AsosiySiyosat

Farg`onada ikki davlat bosh vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi

'Farg`onada ikki davlat bosh vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

16 iyul kuni Farg`ona shahrida O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodaning amaliy uchrashuvi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Delegasiyalar tarkibiga vazirliklar va idoralar, etakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari kiritilgan.

Bosh vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo oliy darajada bo`lib o`tadigan O`zbekiston—Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.

Shuningdek, joriy yilning mart oyidagi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi va Emomali Rahmon bilan muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

O`zaro savdodagi o`sishning ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo aylanmasi 2018 yilning birinchi yarmida o`tgan yilga nisbatan 35 foizdan ko`proqqa oshdi.

Ta`kidlanganidek, ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini to`ldiradi va geografik qo`shnilik va past transport xarajatlari tufayli raqobat ustunligiga ega.

Savdo-iqtisodiy va investision sohalardagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida tomonlar Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig`ilishini o`tkazish hamda O`zbekiston va Tojikiston hududida ikki davlat ishbilarmon doiralari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga kelishib oldi.

Farg`onadagi muzokaralar yakunida uchrashuv bayonnomasi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar