AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Qatar delegasiyasini qabul qildi

'Abdulaziz Kamilov Qatar delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

2018 yil 17 iyul kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo ishlari bo`yicha departamenti boshlig`i Halid Ibrahim al-Hamar rahbarligidagi delegasiyasni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Qatarning etakchi vazirlik va idoralari, iqtisodiy tuzilmalari rahbarlaridan iborat delegasiyasi O`zbekistonga keldi va O`zbekiston hukumati delegasiyasining 2018 yil 2-4 iyul kunlari Doha shahriga tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning keng ko`lamli masalalarini muhokama qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligida bo`lib o`tgan suhbat chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar, sayyohlik va boshqa sohalarda O`zbekiston-Qatar kun tartibidagi dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha qo`shma hukumatlararo komissiyani tuzish va ishga tushirish, Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi raundini o`tkazishga roziliklarini tasdiqladilar.

Ta`kidlanganidek, O`zbekiston rahbariyati Qatar fuqarolari uchun ham uchinchi davlatga tranzit orqali ketayotganda O`zbekiston hududida 5 kun vizasiz bo`lish imkoniyati yaratilgani Qatarda mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Qatar delegasiyasiga 2018 yil 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabzda bo`lib o`tadigan birinchi xalqaro maqom san`ati forumiga taklifnoma taqdim etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

2018 yil 27 mart kuni Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal etish bo`yicha xalqaro konferentsiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan ma`qullangan Toshkent deklarasiyasi qoidalarini amalga oshirishda O`zbekiston-Qatar hamkorligiga ijobiy baho berildi va bu yo`nalishda sa`y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar