1

Prezident topshiriqlarini o`z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Siyosat 20.07.2018, 10:48
Prezident topshiriqlarini o`z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Bosh prokuratura tarkibidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hududlarga chiqqan holda qarorlar ijrosini o`rgandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

"Mazkur tekshirishlar davomida asosiy e`tibor Prezidentning qaror va topshiriqlarini o`z vaqtida, to`liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslar tomonidan Prezidentning topshiriqlari talablarini so`zsiz bajarilishi borasidagi mas`uliyatini yanada kuchaytirishga qaratildi.

Tekshirishlar natijasiga ko`ra, 139 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo`pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 4 ta jinoyat ishlari qo`zg`atildi.

Shu bilan birga, 125 ta tadbirkorlik sub`ektlariga 99,6 mlrd so`m va 280,4 mln dollar miqdorida kredit mablag`lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun 858 gektar er maydoni hamda 111 ta qishloq xo`jaligi texnika va agregatlari ajratilishi, 26 mlrd so`m, 1,9 mln dollar va 2,5 mln evro miqdordagi kredit mablag`larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko`rsatildi.

Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 55,2 mlrd. so`m miqdoridagi pul mablag`lari ajratilishi ta`minlandi.

Prezident qarorlarining so`zsiz ijrosini ta`minlash borasidagi nazorat faoliyati davom etmoqda", - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1