1

Toshkent shahri er usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro`zda ishga tushiriladi

Siyosat 20.07.2018, 16:33
Toshkent shahri er usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro`zda ishga tushiriladi

Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining «Do`stlik» bekatidan Qo`yliq bozorigacha bo`lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, mazkur metro qurilishining borishi bilan tanishdi.

«Jamoat transportining faqat neft yoki gazga bog`lanib qolishi noto`g`ri. Er usti metrosi arzon, qulay va xavfsiz. Eng muhimi, bu boshqa jamoat transportlaridagi yuklamani o`ziga oladi, shahar markazidagi tirbandlikni kamaytiradi. Yo`l haqi tushumiyam vaqtida va joyida bo`ladi», dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu jihatlarni hisobga olib, qurilishni tezlashtirish, ishni bir necha smenada tashkil etib, ertaroq qurib bitkazish zarurligi ta`kidlandi.

Prezidentimiz er usti metrosining birinchi bosqichini kelgusi yil Navro`z bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1