AsosiySiyosat

Prezident Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishi qurilishi bilan tanishdi

'Prezident Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishi qurilishi bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishi qurilishi bilan tanishdi.

Uzunligi 7,1 kilometr bo`lgan mazkur yo`nalish Sergeli tumani aholi punktlari oralab o`tib, Chilonzor tumanidagi Olmazor bekatiga bog`lanadi. Temir yo`l estakada usulida qurilib, poezdlar er ustida harakatlanadi. Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatlarda lift va eskalatorlar o`rnatiladi.

Bugungi kunda loyihaning 5 kilometr qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari bu erga kelib, qurilishning borishini ko`zdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish bo`yicha ko`rsatmalar berdi, deb xabar qiladi Prezident matbuot xizmati.

Shu erda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti o`tkazildi.


    Boshqa yangiliklar