AsosiySport

Bahodir Jalolov professional boksdagi ikkinchi jangini o`tkazadi

'Bahodir Jalolov professional boksdagi ikkinchi jangini o`tkazadi'ning rasmi

22 iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan o`zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov AQShda o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.

Ushbu jangda superog`ir vaznli bokschiga amerikalik Kurtis Xid raqiblik qiladi.

Ma`lumot uchun, Xid bungacha professional boksda oltita jang o`tkazgan va ularning to`rttasida g`alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Ikkita jangda esa mag`lubiyatga uchragan. Bahodir esa prof ringdagi debyutini may oyida nishonlagan va o`shanda meksikalik Ugo Truxiloni texnik nokaut evaziga mag`lub etgandi.

Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati bokschining jang oldidan fikrlari bilan qiziqdi.

«Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman – g`alaba qozonish! O`zbekiston bayrog`ini yuqori ko`tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman», – dedi Jalolov.

    Boshqa yangiliklar