1

Cho`lpon Otada tashqi ishlar vazirlari nimalarni muhokama qilishdi?

Siyosat 22.07.2018, 17:04
Cho`lpon Otada tashqi ishlar vazirlari nimalarni muhokama qilishdi?

Qirg`izistonning Cho`pon Ota shahrida 20-22-iyul kunlari Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, O`zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari jamlanib, 2018 yilning 15 martida Ostonada bo`lib o`tgan maslahatlashuv yakunlarini mustahkamlashga doir masalalarni muhokama qilishdi.

Xususan, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini, xavfsizlikni ta`minlash, chegara, transport va tranzit aloqalari, suv-energetika manbalaridan foydalanish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik va boshqalar.

Uchrashuv kun tartibidan quyidagi masalalar o`rin olgan edi:

- Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasidagi davlat chegaralarini xalqaro huquqiy rasmiylashtirish hamda mintaqadagi hududlararo va chegaraoldi hamkorlikning faollashishidagi ijobiy o`sish;

- Xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, uyushgan transmilliy jinoyatlar hamda mintaqaviy xavfsizlikning tahdidlariga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlikni, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zaruriyati;

- Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o`zaro savdoni ko`paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi, mintaqa ichidagi investision hamkorlikni olg`a surish;

- Mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqa davlatlarining iqtisodiy hamkorligi mustahkamlanishiga, transport infratuzilmasining rivojlanishiga va transport kommunikasiyalari orqali tranzit yuk tashishni yo`lga qo`yishga imkon yaratish;

- Markaziy Osiyoda suv-energetika manbalaridan kompleks foydalanish. Mazkur sohada mintaqaning barcha mamlakatlari qiziqishlaridan va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o`zaro manfaatli hamkorlikning barqaror uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati;

- Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining madaniyati, tarixi va tillari mushtarakligini qayd etdilar hamda ta`lim, madaniyat, san`at, fan, turizm va boshqa sohalardagi davomiy hamkorlikni rivojlantirish;

- Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining keyingi uchrashuvi Tojikiston Respublikasida o`tkazilishi belgilab olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1