Soda Stereo rok guruhining solisti sifatida mashxurlik cho`qqisiga chiqqan Gustavo Serati uzoq muddatli koma holatida o`ziga kelmasdan hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda panorama.am nashri xabar beradi.
Lotin Amerikasi musiqa olamining eng obro`li vakillaridan biri Gustavo Serati 2010 yildagi insultdan so`ng komaga tushib qoldi. Shundan so`ng, uni o`zga keltirish va oyoqqa turishi uchun juda ko`p xarakat qilindi, biroq harakatlar natija bermadi.
55 yoshida olamdan o`tgan xonanda bilan hayrlashish uchun minglab muxlislar yig`ilishdi. Argentina prezidenti Kristina Kirshner voqea munosabati bilan mamlakatda ikki kunlik motam kunini e`lon qildi.





