AsosiySport

«CAFA U-15 championship»: O`zbekiston yirik g`alaba bilan boshladi

'«CAFA U-15 championship»: O`zbekiston yirik g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Poytaxtimizda futbol bo`yicha xalqaro «CAFA U-15 championship» musobaqasi start oldi, deb xabar berdi O`FA.

Unda O`zbekiston, Eron, Turkmaniston, Afg`oniston, Qirg`iziston va Tojikistonning 15 yoshgacha bo`lgan terma jamoalari ishtirok etishmoqda.

Musobaqaning dastlabki turida Azamat Abduraimov boshchiligidagi O`zbekiston terma jamoasi turkmanistonlik raqiblarni 4:1 hisobida mag`lub etdi.

Tojikiston terma jamoasi futbolchilari afg`onistonlik tengqurlari darvozasiga javobsiz uchta to`p kiritgan bo`lsa, Eron – Qirg`iziston terma jamoalari o`yini 2:0 hisobida forslar foydasiga hal bo`ldi.

Turkmaniston U-15 – O`zbekiston U-15 – 1:4

Afg`oniston U-15 – Tojikiston U-15 0:3

Qirg`iziston U-15 – Eron U-15 0:2

Ertaga, 24 iyul kuni musobaqaning ikkinchi turi doirasida quyidagi uchrashuvlar bo`lib o`tadi:

O`zbekiston U-15 – Tojikiston U-15

Afg`oniston U-15 – Qirg`iziston U-15

Turkmaniston U-15 – Eron U-15

    Boshqa yangiliklar