AsosiyJamiyat

Abdulaziz Kamilov Britaniya TIV rahbarining parlamentdagi o`rinbosari bilan uchrashdi

2014-yilning 5-sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi Nyuport shahridagi (Uels) NATO Sammitining Afg`oniston masalasi bo`yicha maxsus yig`ilishda ishtirok etib, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo`shma Qirolligi Tashqi ishlar va Hamdo`stlik ishlari bo`yicha vazirining parlamentdagi o`rinbosari Tobias Ellvud bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Suhbat davomida O`zbekiston-Britaniya kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama etildi, o`zaro hamkorlikning turli sohalarida ilgari erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning bajarilish jarayoni ko`rib chiqildi”,-deyiladi xabarda.

Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega alohida muammolar yuzasidan fikr almashdi.

    Boshqa yangiliklar