1

O`zbek aktyorlari hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda

Madaniyat 24.07.2018, 13:59
O`zbek aktyorlari hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda

Obid Asomov hamda Dilnoza Kubaeva hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda. Bu haqda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Obid Asomov o`zining instagram’dagi sahifasida ma`lumot qoldirdi:

"Yaqinda Hindistonlik kinochilar mamalakatimizga kelib, yangi bir kinoni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi va filmlariga o`zbek aktyorlarini, shu jumladan meni va jondan aziz singlim Dilnoza Kubaevani, Muqaddas Xoliqovani chaqirishdi. Buxoroyi sharifga tezyurar poezdda gir etib borib, suratga tushib yana gir etib qaytib keldik. Poezdda qilingan mehmondorchilik uchun «Afrosiyob» jamoasiga alohida rahmat. Poezdlar hamisha shunaqa uchib yursin, tagidan shamol o`tib turaversin".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1