AsosiyJamiyat

Namanganda o`zbek avtobusining taqdimoti bo`lib o`tdi

Namangan shahrida Sam Auto LE 60 avtobusining prezentasiyasi bo`lib o`tdi. Ushbu avtobus mutahassislar ishtirokida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarildi.

Uning loyihasi esa Rossiyaning “Ermis injiniring” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu haqda Uz24.uz nashri xabar beradi.

Sam Auto LE 60 avtobusining pol qismi past ishlangan. Avtobus 56 yo`lovchini tashishga mo`ljallangan. Avtobusga “Evro-4” ekologik talabga javob beruvchi 4,5 litr sig`imdagi Cummins 4ISBe4 185B dvigateli o`rnatilgan. Sam Auto LE 60 avtobusining ning uzunligi 8 metr, og`irligi esa 10,2 tonna.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar