Surxondaryo viloyati Denov tumanida boks bo`yicha ayollar va qizlar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Musobaqada yurtdoshlarimiz bilan birga Qozog`iston, Tojikiston va Rossiyadan ham sportchi qizlar ishtirok etdi. 3 yosh toifasida o`tkazilgan musobaqa natijalariga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Keyingi o`rinlarni Tojikiston va Qozog`icton jamoalari egalladi.









