AsosiyShou-biznes

Keyt Midlton va shahzoda Uilyam ikkinchi bor ota-ona bo`lishadi

Gersoginya Keyt Midlton ikkinchi farzandiga homilador. Bu yangilik Britaniya qirolligi oilasi a`zolari tomonidan tasdiqlandi, deya xabar beradi spletnik.ru nashri.

Keyt Midlton endilikda oilaviy va boshqa tadbirlarda ishtirok eta olmaydi. Chunki avvalgi homiladorlikdagi singari u toksikozdan qiynalmoqda.

Eslatib o`tamiz, shahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Midltonlarning birinchi farzandi shahzoda Georg Aleksandr Lui o`tgan 2013 yilning 22 iyulida dunyoga kelgan.

U tug`ilishi bilan dunyoning eng mashhur go`daklaridan biriga aylanishga ulgurdi. Keyt Midltonning ko`zi qachon yorishi borasidagi ma`lumotlar yaqin orada ma`lum qilinishi kutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar