1

O`zbek olimlari tomonidan bolalarda xoledoxa o`smali kengayishining davolash usuli topildi

Salomatlik 09.09.2014, 14:44
O`zbek olimlari tomonidan bolalarda xoledoxa o`smali kengayishining davolash usuli topildi

O`zbek olimlari tomonidan bolalarda xoledoxa o`smasining kengayishini davolash usuliga oid ixtiro amalga oshirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining rasmiy sayti xabar beradi.

Xoledoxa o`simtasi har 10-15 ming kishining bittasida uchrovchi kasallik sanaladi. U umumiy o`t yo`li (zarda oqib keladigan tomir)dagi tug`ma yoki orttirilgan nuqsonlarni, o`t qopining kengayishi bilan namoyon bo`ladi. Xastalik tezkor ravishda davolanishi shart.

Aytish lozimki, xoledoxa o`simtasi erkaklarga qaraganda ayollarda 3 barobar ko`p uchraydi. Bugungi kunga qadar bu xastalikning paydo bo`lish, rivojlanish sabablari haqida turli baxslar yuritilgan. O`zbekistonlik mutaxassislar tomonidan bolalarda xoledoxa o`smasining kengayishini davolash usuliga oid antiqa bir ixtiro amalga oshirildi.

Ixtiro tibbiyot, xususan bolalar jarrohligida, aynan bolalarda jigardan tashqari safro yo`llarining o`smali kengayishining ayrim shakllarini davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur usul yordamida jarrohlikdan so`ng ortuvchi duodenobiliarli reflyuks, xolangit va boshqa kasalliklarning rivojlanishining kamaytirishga erishadi. Nasriddin Ergashev, Erkin Yoqubovlar ixtirosiga 04889 raqami bilan davlat patenti taqdim etildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1