O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrda qabul qilingan "Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan, "Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ko`p kvartirali hamda mavjud foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan ob`ektlarni yosh oilalar uchun ko`p kvartirali (keyingi o`rinlarda "Kamolot” uylari deb ataladi) uylar etib rekonstruksiya qilish” belgilab qo`yildi.
Qarorda belgilanishicha, imtiyozli kreditlarga beriladigan uylar faqatgina "Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tavsiyasiga binoan amalga oshiriladi. Sotib olinadigan uylar uchun boshlang`ich badal to`lamaslik ham qarorda qayd etilgan. Bu haqda Kamolot.uz sayti xabar bermoqda.
"Kamolot” uylaridagi sotib olinadigan kvatiralar qiymatini to`lash uchun, boshlang`ich badal to`lamasdan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo`lgan foizli stavka bilan 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrga berish to`g`risidagi takliflari ma`qullansin”, deyiladi qarorda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan "Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to`g`risidagi Nizom”ga ham qo`shimchalar kiritildi.





