AsosiyJamiyat

Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi ijodiy asarlar uchun tanlov o`tkaziladi

'Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi ijodiy asarlar uchun tanlov o`tkaziladi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq vatanparvarlik ruhidagi hujjatli, qisqa metrajli filmlar, videoroliklar, badiiy asarlar tanlovi o`tkazish bo`yicha hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi, «O`zbekkino» milliy agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ijodiy tanlov o`tkazish bo`yicha hamkor tashkilotlarning qo`shma qarori qabul qilinishiga kelishib olindi.

Tanlov asosan yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq. Qabul qilinadigan ijodiy ishlar jinoyatchilikning oldini olish, ota-onaga hurmat, mehr-oqibat, ilmga, kitob o`qishga bo`lgan ishtiyoq kabi mavzularni o`zida qamrab olgan bo`lishi kerak.

Ijodiy tanlov o`tkazilish muddati va shartlari tez kunlarda ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar