Gulchehra Eshonqulova Instagram orqali muxlislaridan kelgan savollarga javob berdi, deb yozmoqda Kunutun nashri.
Bugungi kunda Amerika Qo`shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan aktrisa san`atdan biroz chetlashgan bo`lsa-da, uning hayoti va ijodiga bo`lgan qiziqish so`ngani yo`q.
Ayni paytda Gulchehra Eshonqulova 2 farzandni tarbiyalamoqda.
Muxlis savoli: Agar Gollivuddan sizga taklif bo`lsa, qaysi filmda va qaysi aktyor bilan rol ijro etishni xohlar edingiz?
Aktrisa javobi: Rejissyor Bahodir Yo`ldoshevning filmida, turmush o`rtog`im bilan.
Muxlis savoli: To`ylarda boshlovchilik qilasizmi (Bruklinda) ?
Aktrisa javobi: Takliflarga binoan yaqin orada niyatimiz bor.