Tojikiston milliy aviakompaniyasi tarixda birinchi bor Buxoroga parvoz qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
“Parvoz 28 iyul kuni Boeing samolyotida amalga oshirildi. Parvoz davomiyligi 45 daqiqa, narxi 72 dollarni tashkil qildi”, - deyilgan xabarda.
Bu Tojikiston aviakompaniyasining Buxoroga amalga oshirilgan tarixda birinchi parvozi bo`ldi. Biroz oldin kompaniya Samarqand yo`nalishida ham parvozlarni yo`lga qo`yishini e`lon qilgan edi.
Eslatib o`tamiz, 1992 yildan so`zng O`zbekiston va Tojikiston orasida barcha parvozlar bekor qilingan edi. 25 yillik tanaffusdan so`ng 2018 yilning 11 apreldan boshlab Toshkent va Dushanbe orasida doimiy aviaqatnov qayta tiklandi.






