Internetda tobora mashhur bo`layotgan ushbu rolikda bir haydovchi qiz rep musiqasiga raqsga tushmoqchi bo`lgan, deya xabar qildi REN-TV nashri.
Rul boshqarib ketayotgan qiz rep musiqasiga raqsga tushmoqchi bo`ladi va mashinadan tushib raqsni davom ettiradi. Uning dugonasi esa videotasvirga tushiradi. Shu payt katta tezlikda kelayotgan oq mashina raqqosani urib ketadi. Videorolikda o`tkinchilar yordamga shoshilganini ko`rish mumkin.






