1

Xitoyda mayitlarni ko`mish taqiqlana boshlandi

Dunyo 31.07.2018, 17:56
Xitoyda mayitlarni ko`mish taqiqlana boshlandi

Xitoy Janubi-Sharqidagi Szyansi provinsiyasida ekologiya va er resurslarini asrash maqsadida “faqat kremasiya” siyosatiga xos choralar ko`rila boshlandi.

Qayd etilishicha, provinsiyada “faqat kremasiya” siyosati qoidalari shu yilning sentyabr oyidan kuchga kiradi. Unga ko`ra, mayitlar kuydirilishi va vafot etgan kishilarning yaqin qarindoshlari bu haqdagi sertifikatni tegishli joyga taqdim etishlari lozim.

Ko`pchilik aholi “faqat kremasiya” siyosatining mohiyati ekologiyani asrab-avaylash ekanligini yaxshi tushunsa-da, pul evaziga begona jasadlarni kuydirib, soxta sertifikatlar berish holatlari ham uchramoqda. Misol uchun aprel oyida Shandun provinsiyasidagi krematoriylarining birida besh nafar xodim jasadlarni o`g`irlash va sotish bilan shug`ullanib kelganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1