1

Zimbabveda prezident va parlament saylovlari bo`lib o`tdi

Dunyo 01.08.2018, 07:18
Zimbabveda prezident va parlament saylovlari bo`lib o`tdi

Zimbabveda uzoq vaqtdan beri kutilgan prezident va parlament saylovlari bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Topnews.ru nashri.

Zimbabveda o`tgan prezident saylovida mamlakat tarixida ilk marotaba sobiq rahbar Robert Mugabe jarayonda ishtirok etish uchun o`z nomzodini qo`ymagan. Saylovda asosiy raqiblar sifatida amaldagi prezident Emmerson Mnangagva hamda 7 ta partiya aylanasi nomidan Nelson Chamisa qayd etilmoqda. Mugabe saylov oldidan Mnangagvani emas, muxolifot etakchisini qo`llab-quvatlashini ma`lum qilgan.

Dastlab amaldagi davlat rahbarining yutib chiqish ehtimoli yuqori ekanligi ta`kidlanayotgan edi. Biroq hozirda raqiblarning imkoniyati tenglashgan. Ovoz berish jarayoni 5700 dan ziyod mahalliy kuzatuvchilar va 600 dan ortiq xorijiy kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilib borildi. Saylov natijasi mamlakat kelajagida hamda rivojlanishida keskin burilish yasashi kutilmoqda. Zimbabveda saylov oldidan bir qancha muddat davomida notinch vaziyat kuzatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1