1

Ispaniyada taksi haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlashmoqda

Dunyo 01.08.2018, 07:19
Ispaniyada taksi haydovchilari ommaviy ravishda ish tashlashmoqda

Ispaniyaning bir qator shaharlarida taksi haydovchilarining ommaviy ish tashlashlari davom etmoqda, deb xabar berdi Eg.ru nashri.

Bir qator shaharlarda minglab haydovchilar avtomobillarni ijaraga beradigan kompaniyalarga lisenziya berishga qarshi o`z noroziliklarini bildirishmoqda. Ular xususan Uber faoliyatidan norozi. Barselonaning markaziy ko`chalarida yarim mingdan ortiq haydovchi yo`lning ikki tomoni bo`ylab avtomobillar harakatini to`xtatib qo`ygan.

Mazkur ish tashlash mamlakatda bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Minglab aholi vakillari hamda sayyohlar o`z vaqtida manzillariga etib bora olishmayapti. Bundan tashqari, ko`chalarda yirik tirbandliklar ham kuzatilmoqda. Namoyishchilar agar ularning talabi bajarilmasa, vokzallar va aeraportlarga olib boradigan yo`llarni va hatto Fransiya bilan chegarani ham to`sib qo`yishlarini ma`lum qilishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1