1

Hindistondagi yomg`irlar mavsumi katta talofatlarga sabab bo`lmoqda

Dunyo 01.08.2018, 07:21
Hindistondagi yomg`irlar mavsumi katta talofatlarga sabab bo`lmoqda

Hindistoning ko`plab hududlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda, deya xabar qilmoqda M24.ru nashri.

Ma`lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat qurbonlari bir yil ichida 1500 dan oshgan.

Yomg`irli mavsum Hindistonda uzoq muddatdan buyon davom etayotgani sababli yirik suv toshqinlari kelib chiqmoqda. Vaziyat, ayniqsa, Hindistoning sharqiy qismlarida ancha murakkab. Suv, hattoki, binolarning ikkinchi qavatlarigacha etib chiqqanini ko`rish mumkin. Toshqindan jarohat olib kasalxonaga olib kelinganlar bu erda ham suvga duch kelishmoqda. Kasalxonaning deyarli barcha xonalari suv bilan to`lgan. Bu esa ayrim uskunalarning ishdan chiqishiga olib keldi.

Shu ahvolda ham shifokorlar bemorlarni davolashni to`xtatishgani yo`q. Yangi Dehli hamda uning atrofidagi provinsiyalardan 10 000 dan ortiq inson o`z uylarini tashlab, daryodan yuqorida bo`lgan tepaliklarda chodirlar qurib yashashga majbur bo`lishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1