1

Liviya hukumati noqonuniy muhojirlarni o`z mamlakatlariga qaytarib yubormoqchi

Dunyo 02.08.2018, 07:41
Liviya hukumati noqonuniy muhojirlarni o`z mamlakatlariga qaytarib yubormoqchi

Liviya hukumati noqonuniy muhojirlarni o`z mamlakatlariga qaytarib yuborish uchun maxsus reyslar tashkil qilmoqda, deya ma`lum qilmoqda News.day.az nashri.

Ushbu amaliyot BMTning Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar Liviya orqali Evropaga o`tishga uringan 579 qochoqlar ro`yxatga olingan. Ularning ayrimlari Tripolidagi qamoqxonalarda saqlanmoqda. Ularni o`z vatanlariga qaytarish orqali mamlakatdagi og`ir vaziyatni engillashtirishdan umid qilinmoqda.

Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, odamlarni mamlakatlariga qaytarish uchun barcha xavfsizlik choralari ko`riladi. Ro`yxatdagilarning asosiy qismini Afrika davlatlari fuqarolari tashkil etadi. Hozirda ilk guruh deportasiya qilingan. Bu har yili o`z uylarini tashlab, dengiz orqali boshqa davlatlarga o`tishga uringan minglab odamlar hayotini saqlab qolish maqsadida qilinayotgan jarayondir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1