Ma`lumotlarga ko`ra, Gollivud aktrisasi Nikol Kidmanning otasi Entoni Devid Kidman 11 sentyabr kuni baxtsiz hodisa oqibatida halok bo`lgan. Bu haqda www.dni.ru nashri xabar beradi. Fojea Singapurda, Nikol Kidmanning kichik singlisi Antoniyaning uyida sodir bo`lgan. Entoni Devid Kidman yiqilib tushgan va ko`p o`tmay olamdan o`tgan.
Entoni Devid Kidman Royal North Shore Hospital da psixolog bo`lib ishlardi. Bundan tashqari Sidney Universitetida dars berardi. Qator maqolalari OAVda doimiy ravishda chop etilgan. 2005 yilda esa klinik psixologiyaga qo`shgan bebaho xissasi uchun davlat mukofotiga sazovor bo`lgan. Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan Nikol Kidman ommaviy axborot vositalariga intervyu berib ulgurmadi. Shu sababli, fojea borasidagi ma`lumotlar kam. Biz esa voqealar rivojini kuzatamiz va tez orada bu haqda to`liq ma`lumotni taqdim etamiz.





