1

Kolumbiya hukumati venesuelalik qochoqlarga yordam qo`lini cho`zdi

Dunyo 04.08.2018, 06:51
Kolumbiya hukumati venesuelalik qochoqlarga yordam qo`lini cho`zdi

Kolumbiya hukumati tomonidan mamlakatga noqonuniy yo`l bilan kirib kelgan venesuelalik qochoqlarga Kolumbiyada 2 yil muddat qolishlariga ruxsat berildi, deya xabar qildi News.day.az nashri.

Ular shu vaqt mobaynida barcha ijtimoiy xizmatlardan ham foydalanishlari mumkin. Qochoqlarga viza va pasport o`rnini bosuvchi maxsus ruhsatnoma beriladi. Mazkur farmon mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos tomonidan imzolangan. Prezident Santos ularga belgilangan vaqtda har tomonlama ko`mak berishini ta`kidlagan.

Kolumbiya hukumati qochoqlardan ularnig aniq sonini aniqlash maqsadida so`rovlar tashkil etgan. Natijalarga ko`ra, 440,000 dan orti qochoqlar borligi qayd etildi. Venesuela fuqarolari o`z vatanlaridagi giperinfilasiya, oziq-ovqat hamda dori-darmon etishmovchiligi tufayli qo`shni davlatga o`tishga majbur bo`lishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1