AsosiyDunyo

Tomoshabinlar birinchi shaxs nomidan olingan yong`inni ko`rib dahshatga tushishdi (Video)

'Tomoshabinlar birinchi shaxs nomidan olingan yong`inni ko`rib dahshatga tushishdi (Video)'ning rasmi

Gresiyalik Tanasis Vulismas (Thanasis Voulismas) birinchi shaxs nomidan yong`inni suratga oldi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Tanasis ushbu rolikni “Parvona uchun alanga” deb nomladi.

Kadrlardan ko`rish mumkinki, olov binoga yaqinlashgan, so`ng xonadonga “hujum” qilgan. Vulismas ortga chekinadi, shovqin, qiy-chuv ovozi eshitiladi, so`ng telefon erga tushib, kadr to`xtaydi.

Ko`pchilik rolik muallifining eson-omon ekanligidan havotirlangan. Internet foydalanuvchilari uning tirik ekanligini taxmin qilishgan. Binobarin, Tanasis suratga olgan rolik internetga yuklangan-ku.


Boshqa yangiliklar