AQShning “San-Antonio dengiz olami” ko`ngilochar parkidagi yirtqich kitlar – kosatkalar ko`zboylamachilikka maftun bo`lib qolishmadi, deya xabar qilmoqda Daily Mail nashri.
Park xodimasi ikki kosatkaning ko`z o`ngida “ko`zdan g`oyib bo`lish”ga chog`lanadi. U mato ustiga tashlab, shartta polga o`tirib oladi. Ammo kitlar uning nayrangini sezib qolishdi va yuzma-yuz ko`rishish uchun pastga suzishdi.






