Arbitr Marsin Liana Polsha uchinchi divizionida bir futbolchining hayotini saqlab qoldi, deb ta`kidlamoqda Gazeta.ru nashri.
“Olimpiya Elblong” va “Blenkitni Stargard-Shesinski” jamoalari o`rtasida kechayotgan match paytida “Blenkitni” futbolchisi Mixal Suvinski raqibi tomonidan elkasiga zarba “eb”, qorni bilan to`pga yiqiladi va nafasi qisila boshlaydi.
Jabrdiydaning yoniga darhol etib kelgan Liana o`yinchiga tezkor yordam ko`rsata boshlaydi. Natijada Suvinski bemalol matchni davom ettirdi.






