Mashhur amerikalik bloger Korderi Jeyms Bredi o`zining farzandlari ustidan kulmoqchi bo`lgani uchun ishsiz qoladigan bo`ldi, deb xabar qildi Layf nashri.
Korderi muzqaymoqqa ichsurar dori qo`shib farzandlariga bergan. Bir yarim soatdan so`ng preparat o`z ishini ko`rsatgan va bolakaylar yig`lashga tushgan. Bloger esa ularning qiynalishini suratga tushirishda davom etgan. Videorolikni esa o`zining “Yutub”dagi blogiga joylashtirgan.
Tarmoq foydalanuvchilari esa bu haqda polisiyaga xabar bergan.






