1

Hamyurtimiz Tasmuradov yunon-rum kurashi bo`yicha bronza medaliga ega bo`ldi

Sport 15.09.2014, 16:33
Hamyurtimiz Tasmuradov yunon-rum kurashi bo`yicha bronza medaliga ega bo`ldi

2014 yilning 8-14 sentyabr kunlari Toshkentda o`tkazilgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati o`z yakuniga etdi. Chempionatning so`nggi kunida, 14 sentyabrda 3 ta vazn toifasida terma jamoamiz a`zolari gilamga chiqishdi. Ulardan 2 nafari  – 71 kilogramm vazn toifasida Dilshodjon Turdiev hamda 98 kilogramm vazn toifasida Evgeniy Achkasov musobaqadan chiqib ketdi.

59 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Osiyo chempioni Elmurat Tasmuratov esa musobaqaning yarim finaliga qadar etib keldi. Biroq yarim finalda  sportchimiz eronlik atlet bilan kechgan murosasiz bellashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ydi. Bronza medali uchun kechgan kurashda u kubalik Ismael Barreroni mag`lub etib, shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy oldi. Bu haqda sports.uz xabar beradi.

Aytish joizki, turnirning dastlabki kunida ham erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo`lga kiritgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1