1

O`zbekiston termasi Osiyo o`yinlarini durang bilan boshladi

Sport 15.09.2014, 20:33
O`zbekiston termasi Osiyo o`yinlarini durang bilan boshladi

Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O`zbekiston (U-23) terma jamoasi Gonkong termasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvning 74 daqiqasida terma jamoamiz hujumchisi Igor Sergeev hisobni ochgan bo`lsa, 5 daqiqadan so`ng, gonkonglik futbolchilar hisobni tenglashtirishdi. O`yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi. 

Eslatib o`tamiz, guruhdagi yana bir o`yinda Bangladesh terma jamoasi Afg`oniston ustidan 1:0 hisobida g`alaba qozongan.

Osiyo o`yinlari-2014. “V” guruhi, 1-tur

O`zbekiston – Gonkong 1:1

Gollar: I. Sergeev, 74 – Chan Su, 79.
O`zbekiston: Edorbek Suyunov - Azamat Isroilov (S. Mustafoev, 63), Islom To`xtaxo`jaev, Bobur Yo`ldoshev, Davron Hoshimov - Sardor Rashidov, Fozil Musaev (D. Jo`raev, 85), Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov - Igor Sergeev, Navro`zbek Olimov (V. Shodiev, 55).

Gonkong: Yapp, Leung, Kvun Leung, Tan, Chun Yi, Vong, Chan Su, Fonk, Annan, Tam, Lo.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1