AsosiyDunyo

Rossiya davlat dumasi deputati Alina Kabaeva ish faoliyatini o`zgartirmoqda

Ma`lum bo`lishicha, “Edinaya Rossiya” partiyasi a`zosi - Kabaeva o`zi deputatlik lavozimini muddatidan avval  to`xtatishni so`ragan. Bu haqda Vesti.Ru nashri xabar beradi. 

Alina Kabaeva Toshkentda tug`ilgan. U badiiy gimnastika bo`yicha 2004 yilgi Afina olimpiadasi g`olibi, Sidney olimpiadasi bronza medali sohibi, ikki kara jahon chempioni va olti karra Rossiya chempioni. Sport faoliyatini yakunlagach, Alina Kabaeva 2007 yil siyosiy faoliyatini boshlagandi. Qayd qilib o`tamiz, Jahon OAVlari tomonidan Vladimir Putin hamda Alina Kabaevalar bir-biriga befarq emasliklari haqida ko`p bor aytilgan. Ammo, ularning munosabatlari haqida hech qanday rasmiy izohlar berilmagan.

    Boshqa yangiliklar