1

Indoneziyada kuchli zilzilalar ro`y berdi

Dunyo 07.08.2018, 08:41
Indoneziyada kuchli zilzilalar ro`y berdi

Indoneziyaning Bali va Lombok kabi kurort orollarida kuchli zilzila ro`y berdi, deya xabar bermoqda REN TV nashri.

Tabiiy ofat oqibatida kamida 82 kishi halok bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila avval Lombokda, bir necha soniyadan so`ng Balida sodir bo`lgan. Zilzila kuchi 7 ballga teng. Tabiiy ofat ko`plab talofatlarni keltirib chiqardi. Bali va Lombokdagi xalqaro aeroportlar o`z faoliyatini to`xtatmagan. Bu holat orollarda dam oluvchilar orasida sarosimani keltirib chiqarmoqda. Sayyohlar iloji boricha tezroq orolni tark etishga urinishmoqda.

Hodisa tufayli minglab insonlar xavfsiz joylarga ko`chirildi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligi zilziladan keyin sunami xavfi borligi haqida ogohlantirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1