1

Alp tog`larida samolyot halokatga uchradi

Dunyo 07.08.2018, 08:42
Alp tog`larida samolyot halokatga uchradi

Shveysariyaning Alp tog`larida samolyot halokatga uchradi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Ju-52 rusumli samolyot bortida 17 yo`lovchi va 3 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Halokat tufayli 20 kishining barchasi hayotdan ko`z yumdi. Ma`lum bo`lishicha, samolyot tog`ning 2,5 kilometr balandligida qulab tushgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borishgan.

Biroq odamlarning bari hayotdn ko`z yumib bo`lgan edi. Mazkur bombardimonchi samolyot mahalliy aviaklublardan biriga tegishli bo`lgan. U 1930 yilda yaratilgan va oradan yillar o`tib turizm maqsadida qayta ta`mirlangan. Havo layneri bortida 3 nafar avstraliyalik bo`lib, ular bir oila a`zolari edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1