1

Bangladeshda talabalar norozilik namoyishlarini uyushtirishmoqda

Dunyo 07.08.2018, 08:43
Bangladeshda talabalar norozilik namoyishlarini uyushtirishmoqda

Bangladeshda ayni kunlarda minglab talabalarning ommaviy norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda TASS nashri.

Voqea tufayli poytaxt Dakkaning ayrim ko`chalarida transport qatnovi to`xtab qoldi.

Talabalar va o`quvchilar avtobus haydovchisining aybi sababli ikki o`smir halok bo`lgani uchun norozilik namoyishlariga chiqishgan. Namoyishchilar yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashni talab qilishmoqda. Aksiya qatnashchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish o`tkazishga kelishib olishgan.

Telekommunikasiyalarni tartibga solish bo`yicha maxsus komissiya hukumat buyrug`i bilan 3G va 4G mobil internet tezligini 24 soat muddatga sekinlashtirib qo`ydi. Hozirda poytaxning bir necha yirik ko`chalarida transport harakatlanishining imkoni yo`q. Ularga qarshi polisiya ko`zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o`qlardan foydalanishga majbur bo`lmoqda. Natijada esa yuzdan ortiq kishi jarohatlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1