Ispaniya sohil qutqaruvchilari navbatdagi muhojirlar guruhini dengizdan qutqarib olishdi, deya xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Qochoqlar Afrika malakatlari fuqarolari bo`lib, ular bir necha fursat O`rtaer dengizida harakatlanishgan va manzilga yaqin qolganida qayiqlari ag`darilgan. Qurbonlar yo`qligi xabar qilinmoqda. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, bir hafta ichida Ispaniya sohil qutqaruvchilari 400 nafar muhojir hayotini saqlab qolishdi.






