Gollivudning mashhur aktyori Leonardo Di Kaprio BMTning global iqlim muammolari bo`yicha elchisi etib tayinladi. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun e`lon qildi.
“Men Di Kaprioni iqlim muammolarini hal qilishga javogar etib tayinlangani haqida ma`lum qilmoqchiman”,-dedi Pan Gi Mun Nyu-Yorkdagi matbuot-anjumanida.
BMT bosh kotibining so`zlariga ko`ra, aktyor BMT bosh assambleyasining 69 sessiyasi doirasida, 23 sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo`lib o`tadigan iqlim bo`yicha sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.





