AsosiyShou-biznes

Eva Mendes ona bo`ldi

Gollivudning mashhur aktrisalaridan biri bo`lmish Eva Mendes 12 sentyabr kuni qiz farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda ru.hellomagazine.com nashri xabar beradi.

Aktrisaning turmush o`rtog`i Rayan Gosling bu haqda OAVga bugun ma`lumot berdi, biroq qizaloqqa qanday ism berilishi sir ekanini ta`kidladi. 40 yoshli aktrisaning quvonchi cheksiz.

Eslatib o`tamiz, Eva Mendes homiladorligini OAVdan sir tutgandi. 2014 yilning fevral oyida boshqa davlatga parvoz qilish oldidan skanerdan o`tishdan bosh tortgan. Shu sababli u homilador ekani haqida aeroport vakillariga aytishga majbur bo`lgandi. Shu voqeadan so`ng barcha ommaviy axborot vositalari aktrisaning homidalor ekanidan xabar topishgandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar