AsosiySport

Osiyo o`yinlarida 232 nafar sportchimiz qatnashadi

'Osiyo o`yinlarida 232 nafar sportchimiz qatnashadi'ning rasmi

Joriy yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o`yinlari bo`lib o`tadi.

Musobaqada 232 nafar atletimiz sportning 30 turi bo`yicha g`oliblik uchun bahslashadi.

7 avgust kuni O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida mazkur musobaqada ishtirok etadigan sportchilarni rasmiy kuzatish marosimi o`tkazildi.

Marosim doirasida O`zbekiston sport delegasiyasi uchun yangi liboslar topshirish marosimi ham bo`lib o`tdi. Ushbu sport ekipirovkalar Xitoyning «QIERTE Co.Ltd» kompaniyasi «PRES-JOG» brendi tomonidan taqdim etildi.

XVIII yozgi Osiyo o`yinlarining ochilish marosimida boks bo`yicha Osiyo chempioni Isroil Madrimov O`zbekiston delegasiyasining bayroqdori bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar