8 avgust kuni soat 22:00dan boshlab Abay – Abdulla Qodiriy chorrahasidan, Abdulla Qodiriy ko`chasi bo`ylab Sharof Rashidov chorrahasiga qadar avtotransportlar qatnovi to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ko`chalarning bu qismida yo`l harakati boshqarmasi texnik vositalaridan foydalanish departamenti yo`l belgilarini yangilash, ta`mirlash ishlarini olib boradi.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so`raymiz!” - deyiladi xabarda.






