AsosiyDunyo

Shvesiya qiroli avtohalokatga uchradi

17 sentyabr kuni Shvesiya qiroli Karl Gustav XVI aeroportga ketayotgan vaqtida avtohalokatga uchradi. Bu haqda Vesti.ru nashri xabar beradi.

Stokgolm shahridan Brumma aeroportiga ketish chog`ida yuz bergan avtohalokat shahardagi ta`mirlash ishlari olib borilayotgan Nokebyubrun ko`prigida sodir bo`lgan. Odatda  Karl Gustav XVI avtomobilni o`zi boshqaradi. Ammo bu safar u mashinaning orqa o`rindig`ida o`tirgan bo`lgan. Mashinalarning to`qnashuvida Karl Gustav XVI jarohat olmagan, ammo shok holatiga tushgan. Shunday bo`lsa-da u o`z safarini avtomobil ortidan kelayotgan qo`riqchi mashinalarining birida davom ettirgan.

Muvaffaqiyatli ravishda aeroportga etib olgan qirol Karl Gustav XVI Vesterbottenga sut mahsulotlari  ishlab chiqariladigan zavodning ochilishida ishtirok etish uchun uchib ketgan.

    Boshqa yangiliklar